Afg‘onistondagi portlash 19 kishining umriga zomin bo‘ldi

Tunov kuni Afg‘onistonda yuz bergan portlashda kamida 19 kishining halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

1913742
Afg‘onistondagi portlash 19 kishining umriga zomin bo‘ldi

Afg‘oniston shimolidagi madrasalardan birida tunov kuni peshin namozi vaqtida sodir bo‘lgan yirik portlash oqibatida kamida 19 kishining halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) o‘zining Twitter sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Samangan viloyatining markaziy tumani Aybekning Jihadiye madrasasida sodir bo‘lgan portlash haqida ma’lumot bo‘lishdi.

UNAMA guruhining tekshiruvlari natijasida portlashda kamida 19 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ulardan tashqari 23 kishi tan jarohati olgan. Tan jarohati olganlardan kamida 20 nafari, madrasada diniy ta’lim olgan talabalardan bo‘lgan.

Tolibon muvaqqat hukumati Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Abdul Nafi Takor esa voqeada, 10 kishining halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Voqea javobgarchiligini hozircha hech kim zimmasiga olmadi.

Poytaxt Kobulning garbidagi Shia Hazara mahallasi Dasht-i Berchida, litsey o‘quvchilarini universitetga kirish imtihonlariga tayyorlagan ta’lim muassasasiga qarshi 30-sentabr kuni uyushtirilgan hujumda ham 53 kishi halok bo‘lgan va ulardna 46 nafari litseyda ta’lim olgan qizlar edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg‘onistoN , #UNAMA , #portlash

Aloqador xabarlar