Afg‘onistonda 6 million aholi oziq-ovqat ta’minotidan mahrum

2021-yil 15-avgustda Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatga kelganidan so‘ng, xalqaro moliyaviy yordamning to‘xtab qolishi mamlakat iqtisodiga qattiq zarba berdi, ayollar va qizlar ko‘plab huquqlardan, jumladan, ta’lim olishdan ham mahrum bo‘lgan.

1913417
Afg‘onistonda 6 million aholi oziq-ovqat ta’minotidan mahrum

 

Afg‘onistonda 6 million kishi oziq-ovqat ta’minotidan mahrum bo‘lgani xabar qilingan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Ramiz Alakbarov Afg‘onistonning ayrim hududlarida qishda havo harorati -25 darajagacha pasayishini ma’lum qildi.

"Biz qishga tayyorgarlik bo'yicha sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash uchun 768 million dollar va yil yakuniga qadar 614 million dollarga muhtojmiz",- dedi Ramiz Alakbarov.

Uning ta'kidlashicha, mamlakatda 6 million kishi favqulodda darajada oziq-ovqat taʼminotidan mahrum boʻlgan. 2023-yilda aholining uchdan ikki qismi, ya'ni 28 million aholi insonparvarlik yordamiga muhtoj boʻlishi mumkin.

2021-yil 15-avgustda Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatga kelganidan so‘ng, xalqaro moliyaviy yordamning to‘xtab qolishi mamlakat iqtisodiga qattiq zarba berdi, ayollar va qizlar ko‘plab huquqlardan, jumladan, ta’lim olishdan ham mahrum bo‘lgan.

Minglab ayollar davlat idoralari va xususiy sektorda ishdan chiqarildi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar