DEASh yetakchisi Abu al-Hasan al-Qurayshiy o‘ldirildi

DEASh yetakchisini o‘ldirish operatsiyasi “Ozod Suriya” armiyasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida o‘tkazilgan.

1913406
DEASh yetakchisi Abu al-Hasan al-Qurayshiy o‘ldirildi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) DEASh yetakchisi Abu al-Hasan al-Qurayshiyning o‘ldirilganini tasdiqladi.

Ta’kidlanishicha, DEASh yetakchisini o‘ldirish operatsiyasi “Ozod Suriya” armiyasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida o‘tkazilgan.

Bu haqda Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy qo'mondonligi matbuot kotibi polkovnik Jo Bukchino bayonot berdi.

"Oktyabr oyi o‘rtalarida Abu al-Hasan al-Qurayshiyning o‘ldirilishi DEAShga yana bir zarba bo‘ldi. Bu operatsiya Suriyaning Dar’a viloyatida “Ozod Suriya” armiyasi tomonidan o‘tkazilgan. DEASh mintaqa uchun tahdid bo‘lib qolmoqda. Bizning hamkorlarimiz DEAShni barqaror mag‘lub etishga e’tibor qaratadi”, deyiladi bayonotda.

Bu voqeada DEAShga qarshi koalitsiyaning roli qanday bo'lgani ma'lum emas.

AQSh kuchlari Iroq, Suriya va Iordaniya chegaralari tutashgan Al-Tanif hududida Mugavvir Et-Tavra nomli muxolif guruh bilan hamkorlik qilmoqda.

Guruh yaqinda oʻz nomini “Suriya ozod armiyasi” deb oʻzgartirgan edi.

Abu al-Hasan al-Qurayshiy 2022 yil fevralida o‘zidan oldingi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurashiy yo‘q qilinganidan so‘ng DEAShga rahbarlik qilib kelayotgandi.


Tanlangan kalimalar: #DEASh , #Abu al-Hasan al-Qurayshiy

Aloqador xabarlar