Xitoyning sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi

Qayd etilishicha, sobiq rais oqqon kasalligi va ichki a’zolarning yetishmovchiligidan aziyat chekkan. U bugun, 30 noyabr kuni Shanxay mahalliy vaqti bilan soat 12:13da vafot etgan.

1913382
Xitoyning sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi

 

Xitoyning sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Xitoy Kommunistik partiyasi (KKP) Markaziy qo‘mitasi bayonotida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, sobiq rais oqqon kasalligi va ichki a’zolarning yetishmovchiligidan aziyat chekkan. U bugun, 30 noyabr kuni Shanxay mahalliy vaqti bilan soat 12:13da vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Szyan Szemin 1926 yilning 17 avgustida Xitoyning Jiangsu provinsiyasida tug‘ilgan. Xitoyning marhum yetakchisi 1946 yilda Kommunistik Partiya a’zoligiga qabul qilingan. U 1989 yildan 2002 yilgacha Xitoy Kommunistik partiyasi Bosh kotibi bo‘lib ishlagan. 1993 yildan 2003 yilgacha Xitoyga raislik qilgan. Shuningdek, Szemin Markaziy Harbiy Kengashga ham rais bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy

Aloqador xabarlar