AQSh ma'muriyati Turkiyaning o‘zini himoya qilish huquqini tan oladi
Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi strategik aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi ma’lum qildi.

AQSH Turkiya o‘zini har qanday terror harakatidan himoya qilishga haqli, deb hisoblaydi, biroq Anqara Suriyada tinch aholi, shuningdek, ushbu davlatda joylashgan Amerika qo‘shinlariga xavf tug‘diradigan biror amaliyot o‘tkazishini istamaydi.
Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi strategik aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi ma’lum qildi.
- Shuni esda tutish kerakki, Turkiya terror qurboni bo‘lishda davom etmoqda va shu sababli o‘zini va fuqarolarini turli hujumlardan himoya qilish huquqiga ega, - dedi Kirbi.
- Mamlakatga qarshi terrorchilik hujumlari uyushtirildi, biroq biz, ayniqsa, Suriyada yanada ko‘p qurbon, yo‘qotish bo‘lishini xohlamaymiz. Shuningdek, Turkiya yoki boshqa davlatlarning Suriya hududida Kurd demokratik kuchlariga yordam berib kelayotgan Amerika qo‘shinlari hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan hech qanday harakatini ko‘rishni istamaymiz.
Aloqador xabarlar

AQSh “Vagner” guruhini xalqaro jinoiy tashkilot deb e’lon qildi
AQSh moliya va tashqi ishlar vazirliklari yangi sanksiya qarorlarini e'lon qildi.