Stoltenberg: Don yo‘lagi kelishuvida Türkiye bilan Prezident Erdo‘g‘an muhim rol o‘ynadi

Yens Stoltenberg Türkiyening xalqaro miqyosdagi o‘rni va Shvetsiya bilan Finlyandiyaning ittifoqqa a’zolik jarayonini baholadi.

1909004
Stoltenberg: Don yo‘lagi kelishuvida Türkiye bilan Prezident Erdo‘g‘an muhim rol o‘ynadi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, don yo‘lagi kelishuvi muddatini uzaytirish va mahbuslar almashinuvida Türkiye bilan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an muhim rol o‘ynaganini qayd etdi.

Yens Stoltenberg Türkiyening xalqaro miqyosdagi o‘rni va Shvetsiya bilan Finlyandiyaning ittifoqqa a’zolik jarayonini baholadi.

Don yo‘lagi kelishuvi muddatini uzaytirishda Türkiye bilan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an muhim rol o‘ynaganiga e’tibor qaratgan NATO Bosh kotibi, “Bu vaziyat mahbuslar almashinuvida ham o‘zgarmadi”,-dedi.

Ispaniya poytaxti Madridda Türkiye, Shvetsiya va Finlyandiyaning uch tomonlama shartnoma imzolaganini yodga solgan Stoltenberg, Finlyandiya bilan Shvetsiyaning o‘z mas’uliyatlariga sodiq ekanini hamda bu ikki davlatning terrorga qarshi kurashda Türkiye bilan yaqin hamkorlikda ekanini ifoda etdi.  

NATO Bosh kotibi shuningdek, Ukrainani uzoq vaqt qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lishlari zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz:

Türkiye joriy yilning 28-iyuni kuni Ispaniya poytaxti Madridda o‘tkazilgan NATO sammitida, uning tarkibiga kirish uchun murojaat qilgan Finlyandiya bilan Shvetsiyaga veto qo‘ydi. Ochiq-oydin terror tashkilotini qo‘llab-quvvatlagan mazkur ikki davlat bilan protokol imzolagan Anqara, berilgan va’dalarning bajarilishini kutmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar