Pokiston-Afg‘oniston chegara punkti qayta ochildi

13-noyabr kuni Pokiston va Afg'oniston o'rtasidagi Chaman chegarasida sodir bo'lgan to'qnashuvda bir pokistonlik askarning halok bo'lishi sababli yopilgan chegara darvozasi yana ochildi.

1908786
Pokiston-Afg‘oniston chegara punkti qayta ochildi

 

 

13-noyabr kuni Pokiston va Afg'oniston o'rtasidagi Chaman chegarasida sodir bo'lgan to'qnashuvda bir pokistonlik askarning halok bo'lishi sababli yopilgan chegara darvozasi yana ochildi.

Pokiston matbuotida chop etilgan xabarga ko'ra, hujum ortidan ikki davlat askarlari o'rtasida davom etgan muzokaralarda oldinga siljish kuzatildi.

Rasmiylarning aytishicha, Afg'oniston tajovuzkorni Pokistonga topshirishga kafolat bergan.

Pokiston va Afg'oniston xavfsizlik kuchlari chegarada qo'l berib ko'rishdi va chegara punkti 8 kundan keyin piyodalar va savdo o'tishlar uchun qayta ochildi.

Pokiston rasmiylari 13 noyabr kuni Afg‘oniston tomonidan otishma natijasida bir pokistonlik askar halok bo‘lgan va yana biri yaralangani sababli chegara punkti vaqtincha yopilganini ma’lum qilgan edi.

Rasmiylarning bildirishicha, chegara punkti hujumchi Pokiston hukumatiga topshirilgunga qadar yopiq qoladi deya bildirgan edi.

Chamanda ikki davlat chegara kuchlari o‘rtasida tez-tez to‘qnashuvlar bo‘lib turadi.

Pokiston-Afg‘oniston chegarasi 2670 kilometrdan iborat bo‘lib, ikki davlat o‘rtasida 18 ta chegara o‘tish punkti mavjud.

Chaman va Torxam chegaralari eng gavjum o'tish punktlari sifatida ajralib turadi.

Pokiston-Afg'oniston chegarasi 2670 kilometrdan iborat bo'lib, o'rta ikki dat 18 ta chegara o'tish punkti mavjud.


Tanlangan kalimalar: #Ochildi , #Chegara , #Afg'oniston , #Pokiston

Aloqador xabarlar