AQSH va Rossiyaning razvedka rahbarlari Turkiyada muzokara o‘tkazdi

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MIT) mezbonligida Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) va Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgani ma'lum qilindi.

1906401
AQSH va Rossiyaning razvedka rahbarlari Turkiyada muzokara o‘tkazdi

 

Kecha, 14 noyabr kuni Turkiya poytaxti Anqarada rasmiy Vashingtonning tashabbusi bilan Rossiya-Amerika muzokaralari o‘tkazildi.

Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MIT) mezbonligida Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) va Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgani ma'lum qilindi.

Razvedka manbalarining xabar berishicha, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns va Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin o'rtasidagi uchrashuv Turkiya Milliy razvedka tashkiloti mezbonligida poytaxt Anqarada bo'lib o'tgan.

Prezident huzuridagi axborot va kommunikatsiya departamenti rahbari Fahrettin Altun ham Associated Press xabar agentligiga bergan bayonotida uchrashuvni tasdiqladi.

“Ushbu uchrashuv Turkiya va Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’anning global tinchlikka qo’shgan muhim hissalaridan biridir",-deydi u.

“Anadolu” xabar agentligining Turkiya maxsus xizmatlaridagi manbaga tayanib, Uilyam Byorns va Sergey Narishkin Anqarada muzokara o‘tkazganini ma'lum qildi. Mazkur uchrashuv Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) vositachiligida o‘tkazilgan.

Uchrashuvda xalqaro xavfsizlikka tahdidlar, ayniqsa yadro qurolidan foydalanish masalalari muhokama qilingan.

"Bundan avval Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlarini uchrashtirib, g’alla kelishuvida vositachilik qilgan Turkiya, barcha tomonlar bilan tinchlik uchun muzokaralarni davom ettiradi va bu jarayonda tashabbus ko’rsatishdan tortinmaydi”,-deydi Fahrettin Altun.

Bu ma’lumotni Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi.

“Bunday muzokaralar haqiqatan ham bo‘lib o‘tdi. Bu Amerika tomonining tashabbusi edi”, deydi Kreml vakili.

Shu bilan birga, Peskov suhbat mavzusini oshkor qilmadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Rossiya o‘rtasidagi aloqa kanallari ochiqligicha qolmoqda. Bu birinchi navbatda yadroviy xavf va strategik barqarorlik xatarlarini boshqarishga aloqador.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #AQSh

Aloqador xabarlar