Zelenskiy Ukrainadagi oxirgi vaziyat haqida ma'lumot berdi

Zelenskiy, o‘zining ijtimoiy tarmoq hisobidagi videomurojaatida Rossiya-Ukraina urushining oxirgi vaziyatini baholadi.

1906223
Zelenskiy Ukrainadagi oxirgi vaziyat haqida ma'lumot berdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Rossiyaga qarshi urush davom etayotganini yodga solib,

“G‘alabamiz yaqinlashayotganini his qilyapmiz”. - dedi.

Zelenskiy, o‘zining ijtimoiy tarmoq hisobidagi videomurojaatida Rossiya-Ukraina urushining oxirgi vaziyatini baholadi.

Unga ko‘ra Ukrainada siyosatchilar, xavfsizlik kuchlari va turli kasb egalari o‘z burchlarini bajarib, g‘alaba sari birgalikda harakat qilmoqdalar.

Shu bois ham Zelenskiy mavzu haqida:

“G‘alabamiz yaqinlashayotganini his qilyapmiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Xerson viloyatidagi qaytarib olingan 226 ta aholi punktida xavfsizlik choralari ko‘rilib, barqarorlik ta’minlanganiga e’tibor qaratgan Zelenskiy, bu nuqtalarda qariyb 100 mingga yaqin tinch aholi istiqomat qilayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Rus askarlarini Xerson viloyatida urush jinoyatlari sodir etganlikda ayblagan Zelenskiy, mintaqada tinch aholi vakillari bilan harbiylarga oid jasadlar topilganini va buning ustidan tergov ishlari boshlatilganini qayd etdi.

Zelenskiyning taʼkidlashicha, mamlakat boʻylab eng qizgʻin kurash Donetsk jabhasida davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar