Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida ishtirok etmaydi

Sammitda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.

1904716
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida ishtirok etmaydi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etmasligi ma’lum qilindi.

G20 sammiti rasmiylaridan biri Luhut Binsar Pandjaitan Indoneziyaning Denpasar shahrida jurnalistlarga bergan intervyusida sammitda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilishini aytdi.

15-noyabr kuni Balida boshlanadigan ikki kunlik sammitda AQSh prezidenti Jo Bayden, Xitoy rahbari Si Tszinpin va boshqa yetakchilar ishtirok etadi.

Bayden va Putin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidan buyon G20 sammiti munosabati bilan birinchi marta uchrashishi bashorat qilingan edi, lekin Rossiya Prezidentining yig'ilishga qatnashmasligini e'lon qilishi bilan bu imkoniyat boy berildi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar