Zelenskiy don eksportini amalga oshirishga harakat qilayotganligini bildirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qora dengiz don koridori kelishuvi doirasida don eksportini oshirishga harakat qilayotganliklarini bildirdi.

1904057

Vladimir Zelenskiy kechasi Telegram’da tarqatgan videomurojaatida dunyo bo‘ylab oziq-ovqat inqirozini boshdan kechirayotgan mamlakatlarga yordam qo‘lini cho‘zishda davom etishlarini ma’lum qildi:

"Shuningdek, don eksporti tashabbusini davom ettirish va kengaytirish ustida ishlamoqdamiz. Biz don eksportiga doimiy gumanitar komponentni qo'shamiz. Rivojlangan va eng vijdonli davlatlar bilan birgalikda, ayniqsa, oziq-ovqat inqirozi bo'lgan mamlakatlar va xalqlarga yordamni oshiramiz."

Zelenskiy g‘alla jo‘natishini ko‘paytirish bo‘yicha faol ish olib borishda davom etishini ma’lum qildi.

"Aslida biz hamkorlarimiz bilan oziq-ovqat xavfsizligini yangi bosqichda ta'minlash uchun asos bo'lishi mumkin bo'lgan hamkorlikni boshlamoqdamiz." dedi.

Tanlangan kalimalar: #Eksport , #Don , #Ukraina

Aloqador xabarlar