AQSHdagi saylovlarning dastlabki natijasi e’lon qilindi

Kecha, 8 noyabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tgan Oraliq saylovlarning ilk natijalari Vakillar palatasi uchun kurashda respublikachilar muvaffaqiyatini ko‘rsatmoqda. Ovozlarni sanash davom etmoqda.

1904096
AQSHdagi saylovlarning dastlabki natijasi e’lon qilindi

 

Kecha, 8 noyabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tgan Oraliq saylovlarning ilk natijalari Vakillar palatasi uchun kurashda respublikachilar muvaffaqiyatini ko‘rsatmoqda. Hozircha, demokratlar Vakillar palatasida 47, respublikachilar esa 82 o’rinni egallab turibdi.
Senatning uchdan bir qismi bo‘lgan 35 o‘rin va Vakillar palatasining barcha 435 o‘rni uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saylovlarda ovozlarni sanash davom etmoqda.

Qayd etilishicha, joriy saylovlar  Vakillar palatasining butun tarkibini, ya’ni 435 nafar a’zoni saylaydi. Uni boshqarish uchun 218 o‘rin kerak.

Associated Press  tomonidan e'lon qilingan norasmiy natijalarga ko'ra, Vakillar palatasi poygasida respublikachilar 82, demokratlar esa 47 o'rinni egallagan.

Demokratlar ko'pchilikni tashkil etuvchi Vakillar palatasida nazoratni saqlab qolish uchun respublikachilarga 9 ta o'rin kerak.

Har 2 yilda AQSh saylovchilari butun 435 o'rinli Vakillar palatasi va 100 o'rinli Senatdagi 35 o'rin uchun saylov uchastkalarida ovoz beradilar.

Xususan, Pensilvaniya va Jorjiyadagi natijalar Senatda kim ko‘pchilikni qo‘lga kiritishini aniqlaydi.

Amaldagi tartibda Senatda 50 respublikachi va 50 demokrat senator bor. 51 senatorga yetgan partiya Kongressning ushbu palatasida ham ko'pchilikni tashkil qiladi.

Saylovga kirgan Senatdagi 35 ta o‘rindan 17 tasi respublikachilar, 10 tasi demokratlar edi.
Associated Press tomonidan e'lon qilingan norasmiy natijalarga ko'ra, Ogayo va Shimoliy Karolinadagi saylovlarda respublikachilar g'alaba qozongan.

Shunday qilib, hozirgacha e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, respublikachilar 17, demokratlar esa 10 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

E'lon qilingan natijalarga ko'ra, respublikachilar ham, demokratlar ham 46 tadan o'ringa ega.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #AQSh

Aloqador xabarlar