Britaniya rossiyalik 4 nafar oligarxga sanksiya joriy etdi

Britaniya hukumati 4 oligarxning barcha mol-mulki muzlatilganini va ularga sayohat qilish taqiqlanganini bildirdi.

1901700
Britaniya rossiyalik 4 nafar oligarxga sanksiya joriy etdi

 

Britaniya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushini moliyaviy qo'llab-quvvatlagan 4 nafar rossiyalik oligarxni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Rossiya sanoatidan Putinning harbiy sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash uchun foydalangan 4 nafar rossiyalik oligarxlar orasida po'lat ishlab chiqaruvchi Evrazning sobiq direktorlari Aleksandr Grigoryevich Abramov va Aleksandr Vladimirovich Frolov, Rossiyaning Tatavtodor OAO qurilish kompaniyasi direktori Ayrat Mintimerovich Shaymiyev va AO TAIF kompaniyalar guruhi direktori Albert Kashafovich Shigabutdinov ham bor.

Britaniya hukumati 4 oligarxning barcha mol-mulki muzlatilganini va ularga sayohat qilish taqiqlanganini bildirdi.

Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Cleverly ma'lum qildi.

"Putin Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishi uchun oʻzining elita doirasiga tayanishda davom etmoqda. Biz Putinga ishonadigan va oʻz navbatida uning urush mashinasini moliyalashtirgan 4 ta oligarxga nisbatan sanksiyalarni maʼqullaymiz. Bu shaxslarni nishonga olib, biz Putinga iqtisodiy bosimni oshiryapmiz. Biz. Ukraina g'alaba qozonmaguncha buni davom ettiramiz",- dedi u.

Ukrainada urush boshlanganidan beri Britaniya hukumati 120dan ortiq oligarxlarning 140 milliard funt sterlingdan ortiq mablag‘iga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Buyuk Britaniya

Aloqador xabarlar