Kobulda yuz bergan portlashda 8 kishi yaralandi

Bugun, 2 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:30 atrofida Kobulning beshinchi mavzesidagi Silo ko'chasiga qo'yilgan minalar Qishloqlarni tiklash va rivojlantirish vazirligi xodimlarini olib ketayotgan avtomobil o'tib ketayotganda portlatilgan.

1901089
Kobulda yuz bergan portlashda 8 kishi yaralandi

 

Afg'oniston poytaxti Kobulda yo'l chetiga qo'yilgan minalarning portlashi oqibatida 8 kishi jabrlandi.

Mahalliy vaqt bilan soat 08:30 atrofida Kobulning beshinchi mavzesidagi Silo ko'chasiga qo'yilgan minalar Qishloqlarni tiklash va rivojlantirish vazirligi xodimlarini olib ketayotgan avtomobil o'tib ketayotganda portlatilgan.

Bu haqda Kobul politsiyasi matbuot kotibi Xolid Zadran ma'lum qildi.

“Avtomobilda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 8 kishi jabrlandi”, dedi u.

Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Kobul

Aloqador xabarlar