Sochida Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Uchrashuvda Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik bitimining asosini tashkil etuvchi hujjatni imzolash masalasi muhokama qilindi.

1900414
Sochida Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik bitimining asosini tashkil etuvchi hujjatni imzolash masalasi muhokama qilindi.

Putin uchrashuv juda samarali bo‘lganini va kelgusidagi kelishuvlar uchun qulay muhit yaratganini aytdi. 

“Ochig'ini aytishim kerak, biz hamma narsani tasdiqlay olmadik, ekspertlar darajasida ishlab chiqilgan dastlabki loyihadan ba'zi narsalarni olib tashlashimiz kerak edi. Shunday bo‘lsa-da, bu qadam butun vaziyatni hal qilishga qaratilgan yangi harakatlar uchun sharoit yaratadi”,-deb aytgan Putin.

Uch tomonlama uchrashuvdan so‘ng qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Bayonotda mintaqada barqaror va uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash maqsadida Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida tinchlik bitimi imzolanishiga faol tayyorgarlik ko’rishning ahamiyati qayd etildi.

Shuningdek, o’zaro maqbul yechimlarni qidirishni davom ettirishga kelishib olingani ma’lum qilindi.

Bayonotda Aliyev va Pashinyan Rossiyaning Janubiy Kavkazda barqarorlik va farovonlik o‘rnatilishi hamda munosabatlarning normallashuviga hissa qo‘shishga tayyorligidan mamnun ekani qayd etildi.

Davlat rahbarlarining Sochidagi uchrashuviga parallel ravishda Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov, Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan ham uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.


Tanlangan kalimalar: #Nikol Pashinyan , #Ilhom Aliyev , #Putin , #Sochi

Aloqador xabarlar