Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi fojiada 151 kishi halok bo'ldi

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Seuldagi fojia munosabati bilan milliy motam e’lon qilgan hamda qurbonlar va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

1899573
Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi fojiada 151 kishi halok bo'ldi

 

Janubiy Koreya poytaxti Seulda Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuzaga kelgan tiqilinchda hayotdan ko'z yumganlar soni 151 nafarga yetdi.

Bu haqda “Yonhap” xabar agentligi ma'lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Seulning ko‘ngilochar markazlaridan biri bo‘lgan Itaevon tumanida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuzaga kelgan tiqilinchda 82 kishi jabrlangan. Ulardan19 nafari og‘ir ahvolda.

Milliy yong‘in xizmati rasmiysi Choy Cheon-Sikning aytishicha, tiqilinch oqibatida 82 kishi jarohat olgan, 151 kishi vafot etgan. Halok bo‘lganlar orasida xorijliklar ham bor. 

Shuningdek, Seul ma’muriyati bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha 270 ga yaqin murojaat tushganini ma’lum qilgan.

Agentlik xabariga ko‘ra, Itayevon tumanida yillik Xellouin bayramiga 100 mingdan ortiq odam yig‘ilgan. Yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida odamlar bo‘g‘ilishdan vafot etgan.

 

Voqea joyiga 800 dan ortiq favqulodda xizmat xodimlari va 140 ga yaqin tez yordam mashinasi yuborilgan.

Milliy ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan ba'zi xabarlarga ko'ra, tiqilinch olomon Itaewon ko'ngilochar maskaniga noma'lum taniqli shaxs kelishi haqidagi mish-mishlar bilan to'plangan paytda sodir bo'lgan.

Halok bo‘lganlar soni ortib borayotganidan xavotirga tushgan politsiya qurbonlarning shaxsini aniqlash va ularning oilalari bilan bog‘lanishni davom ettirmoqda.

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Seuldagi fojia munosabati bilan milliy motam e’lon qilgan hamda qurbonlar va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan. 

Prezident voqeadan keyin o‘tkazgan favqulodda yig‘ilishda mintaqaga birinchi tibbiy yordam xodimlarini jo‘natishni va jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni buyurdi.

Yun, shuningdek, mamlakatda milliy motam e'lon qilib, voqea yuzasidan sud tergovini talab qildi.

Ayni paytda AQSh prezidenti Jo Bayden Seuldagi voqea munosabati bilan Janubiy Koreya xalqiga hamdardlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Seul , #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar