Somalidagi portlashda 100 kishi halok bo‘ldi

Somali poytaxti Mogadishuda, Ta’lim vazirligi binosida ikkita bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi, 300 kishi jarohatlandi.

1899565

Bu haqda mamlakat Prezidenti Hasan Shayx Mahmud bayonotida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, portlashlar 29 oktyabr kuni tunda sodir bo‘lgan. 

Mogadishudagi shifoxonalar rahbariyati insonlarni yaradorlar uchun qon berishga chaqirdi.

Tanlangan kalimalar: #Somali

Aloqador xabarlar