Polshada sovet askarlariga o‘rnatilgan yodgorliklar demontaj qilindi

Byczyna, Bobolitse, Glubczyce va Staszow tumanlaridagi yodgorliklar ishchilar tomonidan kranlar yordamida buzib tashlangan va olib tashlandi.

1899145
Polshada sovet askarlariga o‘rnatilgan yodgorliklar demontaj qilindi

 

Polshada 27 oktyabr, payshanba kuni sovet askarlariga o‘rnatilgan yana to‘rtta yodgorlik demontaj qilindi.

Ular Glubchitsa va Bichina shaharlaridagi "Qizil Armiyaga minnatdorchilik" yodgorliklari, Bobolitsadagi yodgorlik, shuningdek, Stashuva tumanidagi yodgorlik hisoblanadi.

Byczyna, Bobolitse, Glubczyce va Staszow tumanlaridagi yodgorliklar ishchilar tomonidan kranlar yordamida buzib tashlangan va olib tashlangan.

Demontaj qilingan yodgorliklar erkinlik ramzi emas, dedi Polsha Davlat Tarix Instituti rahbari Karol Navrotskiy. U yodgorliklarni "1945 yildan keyin Yevropaning yarmini o‘ziga bo‘ysundirgan tizim", "Polsha ishchilari va antikommunistik muxolifat faollarini o‘ldirgan tizim" ramzi, shuningdek, "Ukrainadagi urush uchun javobgar Rossiya hozirgi rahbarlarini ruhlantirgan tizim" ramzi deb atadi.

Uning ta'kidlashicha, yodgorliklar o'z xalqini va boshqa xalqlarni qul qilish va o'ldirishda ayblangan bir tizimni ifodalaydi.

“Bu sharmandalik yodgorligi, g‘oliblar qurbonlarni tahqirlaydigan yodgorlik. 1945 yilda Sovet Ittifoqi bizga ozodlik emas, balki yana bir qullik keltirdi. Polshani qo‘lga kiritganlaridan so‘ng uni kubok sifatida ko‘rishdi",-deydi u.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, sovet armiyasi yodgorliklarini mamlakat tashqarisiga olib chiqqanlar uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Sovet davriga oid 4 ta yodgorlik 1945 yilda fashistlar Germaniyasi qoʻshinlariga qarshi janglarda halok boʻlgan Qizil Armiya askarlari xotirasiga oʻrnatilgandi.

2017 yil oktyabr oyida Polshada mamlakatni dekommunizatsiya qilish dasturi doirasida sovet yodgorliklarini buzish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgandi.

Polsha Davlat Tarix Institutiga ko‘ra, kommunizm davrida Polsha hududida 500 ga yaqin "Qizil Armiyaga minnatdorchilik" yodgorliklari o‘rnatilgan. O‘shandan beri halok bo‘lgan askarlar dafn qilingan joylarda o‘rnatilmagan ko‘plab yodgorliklar demontaj qilingan. Qayd etishicha, askarlar qabristonlari Polsha davlati himoyasida.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Polsha

Aloqador xabarlar