Kuleba: Türkiye biz bilan hayot-momot masalasida hamkorlik qilmoqda

Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias rasmiy tashrif doirasida borgan Kiyevda ukrainalik hamkasbi Kuleba bilan uchrashdi.

1895456
Kuleba: Türkiye biz bilan hayot-momot masalasida hamkorlik qilmoqda

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kulebaning qayd etishicha Türkiye, diplomatik yo‘llar orqali Ukrainani qanchalik qo‘llab-quvvatlaganini yaqqol namoyon etdi.

Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias rasmiy tashrif doirasida borgan Kiyevda ukrainalik hamkasbi Kuleba bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan keyin boshpanalardan birida uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida gapirgan Kuleba, 24-fevraldan beri davom etayotgan Ukraina-Rossiya urushida Türkiyening betaraf pozitsiyasi yo‘qligini ifoda etdi va “Türkiye, Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Ukraina bilan bog‘liq qarorlarda qanday ovoz berganiga guvoh bo‘lyapmiz. Türkiye, Ukraina platformasini qo‘llab-quvvatlamoqda”.-dedi.

Türkiyening harbiy sohada Ukraina bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorligidan mamnunliklarini ta’kidlagan Kuleba, Türkiyening Rossiya bilan aloqalari va iqtisodiy sohadagi hamkorliklari haqida, “Türkiyening muvozanatli tashqi siyosatini tushunamiz. Eng muhimi, biz bilan ma’lum sohalarda, Rossiya bilan esa boshqa masalalarda hamkorlik qilmoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ukrainalik vazir, Türkiyening o‘z yurti va o‘zlari uchun “hayot-momot masalasi” bo‘lgan mavzularda hamkorlik qilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar