Flake Egey dengizidagi xavfsizlik bo‘yicha AQSh pozitsiyasiga aniqlik kiritdi
AQShning Anqara elchisi Flake, Vashingtonning Egey dengizidagi pozitsiyasi haqida gapirar ekan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali bayonot berdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Anqaradagi elchisi Jeffry L. Flake,
«NATOdagi ittifoqchilarimizdan Türkiye va Gretsiya bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligimiz, sheriklardan biri manfaatiga uning tarafini olish yoki muvozanatni buzishni ko‘zlamaydi».-dedi.
AQShning Anqara elchisi Flake, Vashingtonning Egey dengizidagi pozitsiyasi haqida gapirar ekan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida:
«So‘nggi paytlarda menga, Egey dengizidagi xavfsizlik bo‘yicha AQSh pozitsiyasida o‘zgarish bor yoki yo‘qligi haqida savollar berilmoqda. Bunga, “Yo‘q” deb javob bermoqchiman. Chunki, NATOdagi ittifoqchilarimizdan Türkiye va Gretsiya bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligimiz, sheriklardan biri manfaatiga uning tarafini olish yoki muvozanatni buzishni ko‘zlamaydi». - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Jeffry L. Flake, asosiy maqsad mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash ekanini ta’kidlar ekan ayni vaqtda:
«Bugungi kundagi mushtarak sa’y-harakatlarimiz Rossiyaning Ukrainadagi shafqatsiz va asossiz urushini tugatishga qaratilgan. Türkiye, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi masalasida shaxdam qadam tashlab, Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi muloqotni yaxshilash orqali juda qimmatli yordamlarini ko‘rsatishni davom etmoqda.
Gretsiya bilan mudofaa sohasidagi hamkorligimiz, Ukrainani hamda Markaziy va Sharqiy Yevropadagi NATO ittifoqdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash orqali NATOning sharq qanotini mustahkamlaydi. NATO boʻyicha ittifoqchilarimiz Türkiye va Gretsiya bilan eng avvalo mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashdir”, - dedi.
Aloqador xabarlar
Joriy yilda 104 jurnalist o‘ldirilgan, ularning yarmidan ko‘pi G‘azoda
2023-yil 7-oktyabrda boshlangan urushdan beri kamida 138 nafar falastinlik jurnalist halok bo‘ldi.