Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xon mamlakatda o'tkazilgan oraliq saylovida g’alaba qozondi

Mamlakat matbuotidagi xabarlarga ko'ra, Milliy assambleyadagi 8 o'rin va Panjob assambleyasidagi 3 o'rin uchun qo'shimcha saylovlar o'tkazildi.

1893603
Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xon mamlakatda o'tkazilgan oraliq saylovida g’alaba qozondi

 

Pokistonda sobiq bosh vazir Imron Xon boshchiligidagi Pokiston Adolat Harakati (PTI) partiyasi mamlakatda o'tkazilgan oraliq saylovda oldinga chiqib oldi.

Mamlakat matbuotidagi xabarlarga ko'ra, Milliy assambleyadagi 8 o'rin va Panjob assambleyasidagi 3 o'rin uchun qo'shimcha saylovlar o'tkazildi.

Norasmiy natijalarga ko‘ra, Xon boshchiligidagi PTI Milliy assambleyadagi 8 o‘rindan 5 tasini va Panjobda 3 o‘rindan 2 tasini qo‘lga kiritdi.

Federal hukumatdagi koalitsiya sherigi Pokiston Xalq partiyasi Milliy Majlisga oraliq saylovda 2, Bosh vazir Shahboz Sharif boshchiligidagi Pokiston Musulmon Ligasi-Navaz partiyasi esa 1 o’rinni qo’lga kiritdi.

PTI Bosh kotibi Asad Umar poytaxt Islomobodda bergan bayonotida xalq irodasi aniq ekanligini ta'kidlab,  muddatidan oldin saylovlarga ishora qildi.

Imron Xon aprel oyida lavozimidan chetlatilganidan beri muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga chaqirib keladi. Oraliq saylovlarda natijalaridan so'ng Xon va uning partiyasi muddatidan oldin saylov o'tkazish chaqirig'ini yanada kuchliroq aytishi kutilmoqda.

Xon iyul oyida Panjobda o‘tkazilgan oraliq saylovlarda ham g‘alaba qozongan edi.

10 aprel kuni Pokiston parlamenti ishonch  ovoz berishda  Imron Xon hukumati 174 nafar “yo‘q” ovozi bilan yiqilgan edi.

Mamlakatda uch muddat bosh vazirlik qilgan Navoz Sharifning ukasi Shahboz Sharif 11 aprel kuni parlamentda o’tkazilgan saylovda mutlaq ko’pchilikning qo’llab-quvvatlashi bilan 174 ovoz  olib  bosh vazir etib saylangan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar