Rossiya bir sutkada Ukrainada 3 ta raketa va 21 ta havo hujumi uyushtirdi

Rossiya kuchlari oxirgi bir sutkada Ukrainaning turli hududlariga 3 ta raketa va 21 ta havo hujumi uyushtirdi.

1892340
Rossiya bir sutkada Ukrainada 3 ta raketa va 21 ta havo hujumi uyushtirdi

Ukrainaning Mikolayiv shahriga qarshi Rossiya kuchlari tomonidan S-300 havo mudofaa tizimlaridan uchirilgan raketalar bilan hujum qilingani, vayron bo‘lgan uy qoldiqlari ostida qidiruv-qutqaruv ishlari boshlagani ma’lum qilindi.

Mikolayiv viloyati gubernatori Vitaliy Kim, o‘zining Telegramdagi sahifasi orqali Ukrainadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot bo‘lishdi. Unga ko‘ra, Rossiya kuchlari tomonidan bugun ertalab mamlakatning Mikolayiv viloyatiga qarshi S-300 tizimlaridan 8 ta raketa uloqtirilgan.

Oqibatida uylardan biri vayron bo‘lar ekan, roppa-rosa 6 soat davom etgan faoliyatlar natijasida 11 yoshidagi bir bola qutqarilgan. Hozirda yana 7 kishini qidirip topish ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, oxirgi 1 kun ichida Rossiya Qurolli kuchlariga oid 6 ta qiruvchi vertolyot, Ukraina kuchlari tomonidan urib tushirilgan.

Vazirlik, atigi 18 daqiqada 4 ta rus vertolyotini yo‘q qilganliklarini ham ma’lum qildi.

Bayonotda shuningdek, Rossiya kuchlarining oxirgi 24 soat ichida Ukrainaning turli hududlariga 3 ta raketa va 21 ta havo hujumi uyushtirgani ham bildirildi.

Rossiya kuchlari, 24 - fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.

 



Aloqador xabarlar