Venesuelaning Aragua shtatida ko‘chki va suv toshqinlari sababli 43 kishi halok bo’ladi

Venesuelaning Aragua shtatida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan ko‘chki va suv toshqinlari qurbonlari soni 43 kishiga yetdi. Vitse-prezident Delsi Rodriges VTV davlat televideniyesiga bergan bayonotida, Las-Tejerias shtatidagi ko'chkilar oqibatida halok bo'lga

1891800
Venesuelaning Aragua shtatida ko‘chki va suv toshqinlari sababli 43 kishi  halok bo’ladi

 

Venesuelaning Aragua shtatida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan ko‘chki va suv toshqinlari qurbonlari soni 43 kishiga yetdi.

Vitse-prezident Delsi Rodriges VTV davlat televideniyesiga bergan bayonotida, Las-Tejerias shtatidagi ko'chkilar oqibatida halok bo'lganlar soni 43 kishiga yetganini ma'lum qildi.

Delsi Rodriges qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom etayotganini aytdi.

"Viloyatda elektr energiyasini qayta tiklash ishlarida 95 foiz kompensatsiyaga erishildi. Jiddiy shikastlangan telefon liniyalarida ham olg'a siljish kuzatildi". Deya qayd etildi.

Las Tejeriasda 24 soat davomida xalqqa xizmat ko'rsatish uchun prezidentlik idorasi tashkil etilganligini qo'shimcha qilgan Rodriguez mintaqada oziq-ovqat tarqatish va xavfsizlik, jamoat xizmatlari, tozalash, qutqarish va qayta qurish ishlari muvofiqlashtiriladi.Ayni paytda Prezident Nikolas Maduro kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan ko‘chki va suv toshqinlari natijasida katta zarar ko‘rgan Aragua shtatiga tashrif buyurdi.

Las Tejeriasdagi delegatsiya bilan tergov olib borgan Maduro,

– 400 ga yaqin uy butunlay vayron bo‘lgan, 400 tasi qisman vayron bo‘lgan, hamma qo‘ni-qo‘shnilar, do‘kondorlar tinch bo‘lsin, oxirgi uy va ish joyigacha hammasini tiklaymiz deya bildirdi.

Maduro falokat hududida unga mehr ko'rsatganlarga murojaat qilib, dedi:

"Biz bu og'riqni o'zimiz bilan olib yuramiz, odamlarning nolasini, qayg'usini va ko'z yoshlarini o'zimiz bilan olib ketamiz. Las Tejerias Feniks kabi kuldan ko'tariladi. Las Tejerias xalqi yolg'iz emas."  Deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Suv toshqini , #Ko'chki , #Venesuela

Aloqador xabarlar