Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz III 6 may kuni toj kiyadi

Tantanali toj kiyish marosimi 2023 yil 6 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bukingem saroyi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

1891805
Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz III 6 may kuni toj kiyadi

 

Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz Uchinchiga toj kiydirish marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Tantanali toj kiyish marosimi 2023 yil 6 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bukingem saroyi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

6 may kuni bo'lib o'tadigan Qirol Charlzning toj kiyish marosimi poytaxt Londondagi Vestminster Abbey cherkovida Kenterberi arxiyepiskopi Justin Velby tomonidan o'tkazilishi ma'lum qilindi. Marosimda Charlz III bilan birga uning rafiqasi Kamilla qirolicha-konsort sifatida toj kiyadi.

Tadbir diniy marosim shaklida o‘tkaziladi. Uning yakunida Kenterberi arxiyepiskopi Charlzning boshiga 1661 yilda sof oltindan yasalgan Avliyo Edvard tojini kiydiradi. U Londonning Tauer qal’asida saqlanadi. Monarx tojni faqat mana shu marosimda kiyadi, chunki u 2,23 kg og‘irlikka ega.

Ingliz matbuotidagi xabarlarda qirol Charlz III ning toj kiyish marosimi avvalgi marosimlarga qaraganda ancha kamtarona va qisqaroq o'tishi va 1 soat davom etishi taklif qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etganidan so‘ng, uning o‘g‘li, 73 yoshli shahzoda Charlz 10 sentyabr kuni yangi qirol deb e’lon qilingan edi. Bukingem saroyi qirolicha Yelizaveta vafot etgan kuni Charlz taxtga o‘tirib, “Angliya qiroli” bo‘lganini e’lon qilgandi.

73 yoshli Charlz Britaniya tarixida taxtga o‘tirgan eng keksa inson bo‘ldi. 


Tanlangan kalimalar: #Buyuk Britaniya , #Qirol Charlz

Aloqador xabarlar