Merkel: Muhojirlar inqirozida Türkiya Germaniyaga qaraganda ulkan javobgarchilik oldi

Angela Merkel 1,2 milliondan ortiq muhojir va boshpanasiz insonni o‘z yurtiga qabul qilgani uchun, “Nansen” nomidagi muhojirlar mukofotiga sazovor bo‘ldi.

1891292
Merkel: Muhojirlar inqirozida Türkiya Germaniyaga qaraganda ulkan javobgarchilik oldi

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel, muhojirlar inqirozida Türkiya, Germaniyaga qaraganda yana-da ulkan javobgarchilik olganini qayd etdi.

Angela Merkel, 2015 va 2016 yillardagi muhojirlar inqirozi davrida, zoravonlik va zulm xavfi ostida qolgan 1,2 milliondan ortiq muhojir va boshpanasiz insonni, o‘z yurtiga qabul qilgani uchun, “Nansen” nomidagi muhojirlar mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida so‘zlagan Merkel, mukofotni yordamsevar insonlar nomidan olganini qayd etdi va shu doirada xizmat qilgan va nodavlat notijorat tashkilotlarga minnatdorchilik bildirdi.

O‘z yurtidan uzoqqa ketishni istamagan ko‘plab muhojirga, Türkiye quchoq ochganiga e’tibor qaratgan Merkel,

“Türkiye, Yaqin Sharqdan kelgan 3,8 million muhojirga mezbonlik qildi”, - dedi.

Muhojirlar inqirozida Türkiya, Germaniyaga qaraganda yana-da ulkan javobgarchilik olganini qayd etgan Merkel, muhojirlarning o‘z yurtlariga xavfsiz ravishda qayta olishlari uchun tizimli yechim topilishi lozimligini so‘zlariga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar