Nigeriyadagi qayiq fojiasida qurbonlar soni 76 nafarga yetdi

Voqea guvohlarining aytishicha, suv toshqini sababli asosiy yo‘l transport uchun yopilgan va viloyat aholisi qayiqda sayohat qilishga majbur bo‘lgan.

1890505
Nigeriyadagi qayiq fojiasida qurbonlar soni 76 nafarga yetdi

 

Nigeriyaning Anambra shtatida ag'darilib ketgan qayiqdagi qurbonlar soni 76 nafarga yetdi.

Juma kuni mamlakat janubi-sharqidagi Anambra viloyatida ag‘darilib ketgan qayiqda qurbonlar soni ortdi.

Prezident Muhammadu Buhari, qayiq halokatida halok bo'lganlar sonining 76 nafarga yetganini bildirdi.

Voqea guvohlarining aytishicha, suv toshqini sababli asosiy yo‘l transport uchun yopilgan va viloyat aholisi qayiqda sayohat qilishga majbur bo‘lgan.

Aytilishicha, ag‘darilib ketgan qayiq 100 dan ortiq odamni tashish imkoniyatiga ega bo‘lib, dvigatel ishdan chiqqani sababli u suvga chiqqandan ko‘p o‘tmay ag‘darilib ketgan.

Rasmiylarning xabar berishicha, hozirgacha 15 kishi tabiiy ofatdan omon qolgan.

 

 



Aloqador xabarlar