Yaponiyaning Rossiyaga qarshi qo'shimcha sanksiyalari

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaning Xerson, Zaporoje, Lugansk va Donetsk viloyatlarini qo'shib olish haqidagi farmonni rasman imzolashining aks-sadolari davom etar ekan, Yaponiya tomonidan Rossiyaga qarshi qo'shimcha sanksiyalar qarori.

1889945
Yaponiyaning Rossiyaga  qarshi qo'shimcha sanksiyalari

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaning Xerson, Zaporoje, Lugansk va Donetsk viloyatlarini qo'shib olish haqidagi farmonni rasman imzolashining  aks-sadolari davom etar ekan, Yaponiya tomonidan Rossiyaga qarshi qo'shimcha sanksiyalar qaror qilindi.

Yaponiyada hukumat Moskvaning anneksiya qilish qaroriga aloqador bo‘lgan 81 kishi va yana 9 tashkilotning aktivlarini muzlatishga rozilik berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qaror anneksiya uchun bevosita mas’ul bo‘lgan Ukraina sharqi va janubidagi rossiyaparast ayirmachilar, yuqori martabali hukumat amaldorlari va harbiy tashkilotlarni qamrab oladi.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi o‘rinbosari Seydzi Kixaraning aytishicha, Rossiyaning “plebissit” va “birlashish” deb baholagan harakatlari Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda xalqaro huquqni buzadi.

Avvalroq ko‘plab rossiyalik shaxs va tashkilotlarning aktivlarini muzlatishga qaror qilgan va Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatgan Yaponiya hukumati, Rossiyadan ko‘mir importini bosqichma-bosqich to‘xtatishini ma’lum qildi. Yaponiya ham Ukrainani tark etishga majbur bo'lgan urush qurbonlari uchun eshiklarini ochdi.


Tanlangan kalimalar: #Sanksiya , #Rossiya , #Yaponiya

Aloqador xabarlar