Kobulda Ichki ishlar vazirligi qarorgohida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda Tolibon muvaqqat hukumati Ichki ishlar vazirligi qarorgohida joylashgan masjidda peshin namozi vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

1888895

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Nafi Takur matbuotga bergan bayonotida portlashni tasdiqladi.

Tolibon kuchlari xavfsizlik choralarini ko'rgan Ichki ishlar vazirligining kirishlari yopilgan bir paytda, matbuot xodimlariga suratga tushishga ruxsat berilmagan.

Halok bo'lganlar va yaralanganlar soni haqida hech qanday izoh bermagan Takur, voqeaning tergov qilinayotganini bildirdi.

Kobulda juma kuni shia hazoralari yashaydigan Desht-i Berchi tumanidagi bir ta'lim muassasasida sodir bo'lgan portlashda 46 nafari yosh talaba qiz bo'lgan 53 kishi halok bo'ldi.

Tanlangan kalimalar: #Portlash , #Afganistan

Aloqador xabarlar