Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 8-sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishib oldi

Yangi sanksiyalar Rossiyaning yaqinda Ukraina hududlarini anneksia qilganiga javob sifatida joriy etilmoqda.

1888917
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 8-sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishib oldi

 

Yevropa ittifoqi davlatlari Moskvaga qarshi yangi, sakkizinchi sanksiyalar paketi to‘g‘risida kelishib oldi. 

Yangi sanksiyalar Rossiyaning yaqinda Ukraina hududlarini anneksia qilganiga javob sifatida joriy etilmoqda.

Sakkizinchi sanksiyalar paketi orasida neftni uchinchi davlatlarga belgilangan chegaradan yuqori narxda tashishni taqiqlash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, po‘lat, plastmassa mahsulotlari va kimyoviy moddalarning ayrim turlarini taqiqlash ham rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Rossiya tashkilotlariga IT-xizmat va yuridik xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlash cheklovi bor.

Chexiyaning rasmiy ijtimoiy media hisobidan tarqatilgan postda, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning elchilari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqida siyosiy kelishuvga erishgani bildirildi.

Postda sanksiyalarning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaning ayrim hududlarini noqonuniy qo‘shib olishiga qattiq javob ekanligi, 8-sanksiya paketi yozma ravishda tasdiqlanib, Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilganidan keyin kuchga kirishi ta’kidlandi.

Yevropa Ittifoqi Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, "Men bugun a’zo davlatlar 8-sanksiya paketi bo‘yicha kelishib olganini olqishlayman”,-dedi.

Von der Leyen tez va qat'iy harakat qilishganini ta'kidladi.

"Biz hech qachon Putinning soxta referendumini va Ukrainadagi har qanday anneksiyani qabul qilmaymiz”, - deydi u.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar