AQSH va Janubiy Koreya to‘rtta ballistik raketa uchirdi

Janubiy Koreya qo‘mondonligi bayonotiga ko'ra, armiya-taktik raketa tizimlari sifatida ham tanilgan bunday qurollar taxminan 200 milya (320 kilometr) ucha oladigan raketalardir.

1888742
AQSH va Janubiy Koreya to‘rtta ballistik raketa uchirdi

 

Bugun, 5 oktyabr kuni ertalab AQSH va Janubiy Koreya Koreya yarimorolining sharqiy qirg‘oqlari yaqinida to‘rtta raketa uchirdi. 

Bu haqda Yonhap xabar agentligi ma'lum qildi.

Xabarga ko'ra, bu ittifoqchilarning so‘ngi 24 soat ichidagi ikkinchi mashg‘uloti bo‘lib, Koreya Xalq Demokratik Respublikasining bir kun oldin qo‘shni Yaponiya ustidan ogohlantirishsiz ballistik raketa uchirishiga javoban amalga oshirildi.

Janubiy Koreya qo‘mondonligi bayonotida, "Ikkala tomon ham ikkitadan ATASMS raketalarini uchirdi, ular ittifoqchilar sifatida provokatsiyani oldini olish qobiliyatini namoyish etdi",-  degan ifodalarga o'rin berildi.

Janubiy Koreya qo‘mondonligi bayonotiga ko'ra, armiya-taktik raketa tizimlari sifatida ham tanilgan bunday qurollar taxminan 200 milya (320 kilometr) ucha oladigan raketalardir.

Yaponiya Mudofaa vazirligi kecha Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketa Yaponiya shimoli-sharqidan o‘tib, Tinch okeaniga qulagani haqida xabar berdi.

Pentagon matbuot kotibi brigada generali Patrik Rayder Shimoliy Koreyaning Yaponiya havo hududidan tashqariga chiqqan uzoq masofali ballistik raketa sinovini qoraladi va bunga javoban AQSh mintaqada Yaponiya va Janubiy Koreya bilan alohida harbiy mashg'ulotlar o'tkazganini e'lon qildi.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, bu sinov AQSH va uning ittifoqchilari “Shimolning provokatsiyalariga javob berish uchun yetarlicha harbiy salohiyatga ega ekanligini” ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 

“Bizning maqsadimiz – Koreya yarimorolining yadrosizlanishini ko‘rish. Lekin Kim Chen In bunday qilmoqchi emas. Ochig‘ini aytganda, u raketa sinovlarini o‘tkazishda davom etib, qarama qarshi yo‘nalishda harakat qilmoqda, bu qoidabuzarlikdir”, deya qo‘shimcha qildi u.

 


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #AQSh

Aloqador xabarlar