Turkiyadan yuqori darajali delegatsiya Liviyaga rasmiy ziyorat qiladi
“Tashrif chogʻida Liviyadagi siyosiy oʻtish jarayoni, saylovlar masalasini muhokama qilinadi.
1887593

Turkiyadan yuqori darajali delegatsiya Liviyaga rasmiy ziyorat qiladi.
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra , Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning ko'rsatmasi bilan Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Do'nmez, Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Savdo vaziri Mehmet Mush, Aloqa direktori Fahrettin Altun va Prezidentlik matbuot kotibi elchi İbrahim Kalinning bugun Liviyaga rasmiy ziyorat qilishi bildirildi.
“Tashrif chogʻida Liviyadagi siyosiy oʻtish jarayoni, saylovlar masalasini muhokama qilish, ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni koʻrib chiqish, mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish koʻzda tutilgan”, deya qayd etildi.