Shimoliy oqim-1 va Shimoliy oqim-2 quvurlarida gaz sizib chiqish to‘xtadi

Boltiq dengizidagi Shimoliy oqim-1 va Shimoliy oqim-2 quvurlarida gaz sizib chiqish to‘xtadi.

1887538
Shimoliy oqim-1 va Shimoliy oqim-2 quvurlarida gaz sizib chiqish to‘xtadi

Boltiq dengizidagi Rossiyaning “Shimoliy oqim-1” va “Shimoliy oqim-2” quvurlarida gaz sizib chiqishi to‘xtadi.

“Shimoliy oqim-2” quvuridagi gaz sizib chiqishi 1-oktabr kuni to‘xtaganiga e’tibor qaratgan Daniyaning Energiya agentligi kecha, 2-oktanr kuni “Shimoliy oqim-1” quvuridagi gaz sizib chiqish to‘xtaganini ma’lum qildi.

Agentlik tomonidan Twitter sahifasi orqali berilgan bayonotda, quvurlardan gaz sizib chiqish to‘xtagani va odatdagi bosimga erishilgani qayd etildi.

Daniya va Shvetsiya qirg‘oqlaridan uzoq nuqtada, Rossiyaga oid “Shimoliy oqim-1” va “Shimoliy oqim-2” quvurlarining to‘rtta yo‘nalishida portlash ro‘y bergani aniqlanar ekan kemalar, nomi tilga olingan nuqtaga yaqinlashmaslik bo‘yicha ogohlantirilgandi.

Ikkala davlat ham ma’lumotlarning tasodif emasligi, balki qasddan qilingan harakat natijasi bo‘lishi mumkinligiga doir sabablar borligini qayd etgandi. Yevropa ittifoqi ham quvurlardagi gaz sizib chiqishi tasodifiy emasligi va qasddan amalga oshirilganini taʼkidladi.

“Shimoliy oqim-1” quvur liniyasi orqali tabiiy gaz tashish, zaruriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani tufayli 31-avgust kuni to‘xtatilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar