Nigeriyada maymun chechagi virusidan vafot etganlar soni 19 kishiga yetdi

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi (NCDC) tomonidan qilingan bayonotda, virus oxirgi haftada 41 kishida kuzatilgani bildirildi.

1887734
Nigeriyada maymun chechagi virusidan vafot etganlar soni 19 kishiga yetdi

 

Nigeriyada maymun chechagi virusidan vafot etganlar soni 19 nafarga, kasallanganlar soni esa 318 nafarga yetdi.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi (NCDC) tomonidan qilingan bayonotda, virus oxirgi haftada 41 kishida kuzatilgani bildirildi.

Bayonotda, epidemiyaning poytaxt Abuja bilan bir qatorda 32 shtatda ham tarqalishda davom etgani qayd etildi.

Endemik virus keltirib chiqaradigan noyob kasalliklardan biri bo'lgan maymun chechagi Kongo va G'arbiy Afrika turlari sifatida 2ga bo'linadi.

Odatda hayvondan odamga, kamdan-kam hollarda odamdan odamga yuqadigan virus tanada yuqori isitma va qichiydigan pufakchalarni keltirib chiqarishi mumkin. 


Tanlangan kalimalar: #maymun chechagi virusi , #Nigeriya

Aloqador xabarlar