Ukraina portlaridan 2 oyda 5 million 500 tonna don yuklangan 235 ta kema yo‘lga chiqdi

Don yoʻlagi, Türkiyening diplomatik gʻayrati va shijoati natijasida 27-iyul kuni tashkil etildi.

1886520
Ukraina portlaridan 2 oyda 5 million 500 tonna don yuklangan 235 ta kema yo‘lga chiqdi

Türkiyening sa’y-harakatlari bilan tashkil etilgan don yoʻlagidan 2 oyda 235 ta kema o‘tdi va undan roppa-rosa 5 million 500 ming tonna don olib oʻtildi.

Türkiyening diplomatik gʻayrati va shijoati natijasida, iyul oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bilan muvofiqlashgan holda Istanbulda tashkil etilgan “Qoʻshma muvofiqlashtirish markazi” oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning tegishli tomonlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari va Qoʻshma muvofiqlashtirish markazining jadal ishi natijasida birinchi don yuklangan kema 1-avgust kuni Odessa portidan yoʻlga chiqdi.

Ukraina portlaridan 1-avgustdan 28-avgustgacha 235 ta kema yoʻlga chiqar ekan, ular orqali 5 million 365 million tonna bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa kabi don mahsulotlari yetkazib berildi.

Erishilgan kelishuv doirasida Ukraina portlaridan chiqayotgan kemalar Qoʻshma muvofiqlashtirish markazi tomonidan nazorat qilinar ekan, ularning nazorati Istanbulda amalga oshirilmoqda.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar mavzuga oid bayonotida, Istanbulda don joʻnatish boʻyicha erishilgan kelishuvni, Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi yillardagi eng katta yutuqlaridan biri sifatida baholadi.

“Türkiye, jarayonga qoʻshgan konstruktiv hissasi va mezbonligi bilan diplomatik sohadagi muhim roli va samaradorligini yaqqol namoyon etdi”.-degan ifodalarga oʻrin bergan Akar, Milliy Mudofaa vazirligi koordinatsiyasida, oʻz faoliyatini 27-iyul kuni boshlagan Qoʻshma muvofiqlashtirish markazi orqali Ukraina portlaridagi donlarni boshqa mamlakatlarga xavfsiz ravishda joʻnatish ishlari rejalashtirilganidek davom etayotganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar