Putin Xerson va Zaporojye mustaqilligini tan olish haqidagi farmonni imzoladi

Vladimir Putin, Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlarining mustaqilligini tan olish haqidagi farmonni imzoladi.

1886730
Putin Xerson va Zaporojye mustaqilligini tan olish haqidagi farmonni imzoladi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, rus armiyasi tomonidan Ukrainada bosib olingan Xerson va Zaporojye viloyatlarining mustaqilligini tan olish haqidagi farmonni imzoladi.

Ushbu farmonlar orqali Rossiya, Ukrainadagi Xerson va Zaporojye viloyatlarining mustaqilligini tan oldi.

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan va ortidan o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari bilan Zaporoje va Xerson viloyatlarida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha 23-27-sentabr kunlari referendum o‘tkazilgandi.

Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qayd etishicha, yuqorida nomi tilga olingan mintaqalarning Rossiya tarkibiga kirishi uchun bugun Kreml saroyida marosim uyushtiriladi.

Rossiya, Donetsk va Luganskdagi separatist hukumatlarning oʻzini-oʻzi mustaqil deb e’lon qilishini esa 21-fevralda tan olgandi.



Aloqador xabarlar