Armaniston Hindistondan og‘ir qurol import qilmoqchi

Armaniston Hindistondan 245 million dollarlik og‘ir qurol import qilmoqchi.

1886912
Armaniston Hindistondan og‘ir qurol import qilmoqchi

Armaniston Hindistondan 245 million dollarlik og‘ir qurol import qilmoqchi.

Hindistonning “Economic Times” nashriga ko‘ra, Armaniston bu oy Hindistondan 245 million dollarlik og‘ir qurol uchun buyurtma bergan.

Buyurtmalar, Hindistonda ishlab chiqarilgan va hind armiyasi tomonidan ham foydalanilgan “Pinaka” raketa otuvchi tizimlar, tankka qarshi tizimlar va ko‘plab o‘q-dorilardan iborat.

Eslatib o‘tamiz:

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida, ikki davlat harbiy bo‘linmalari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuv yuz bergandi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra 12-sentabrdan 13-sentabrga o‘tar kechasi, Armaniston armiyasi Ozarbayjon chegarasining Dashkesen, Kalbajar, Lochin va Zangilon yoʻnalishlarida keng koʻlamli provokatsiya uyushtirgan.

Ozarbayjon armiyasining chegaradagi ba’zi mavzelari bilan boshpanalari turli kalibrli qurollar, jumladan, minomyot o‘qlari bilan to‘xtamay o‘qqa tutilar ekan oqibatida Ozarbayjon armiyasi 50 nafar shahid bergan.

Ozarbayjon armiyasi Armaniston Qurolli kuchlarining o‘t ochish nuqtalarini o‘chirish va to‘qnashuvning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun javob qaytarar ekan, natijada arman askarlari katta yo‘qotishga uchragan.



Aloqador xabarlar