Nigeriyada qurolli hujumlar avj olgani sababli komendantlik soati joriy etildi

Mahalliy matbuot tarqalgan xabarlarga ko'ra, viloyatda uyushtirilgan operatsiyalarda qurolli to'daning 37 nafar a'zosi qo'lga olingan.

1886131
Nigeriyada qurolli hujumlar avj olgani sababli komendantlik soati joriy etildi

 

Nigeriyaning Edo shtatida qurolli hujumlar soni ortib borayotgani sababli komendantlik soati joriy etildi.

Edo shtat gubernatori kotibi Osarodion Ogie bu haqda yozma bayonot berdi.

U viloyatning Obazagbon va Ogheghe mintaqalarida kuchayib borayotgan zo'ravonlik tufayli 24 soatlik komendantlik soati joriy etilganini ma'lum qildi. Shu tufayli ushbu hududlarda xavfsizlik tadbiqoti o'tkaziladi.

Mahalliy matbuot tarqalgan xabarlarga ko'ra, viloyatda uyushtirilgan operatsiyalarda qurolli to'daning 37 nafar a'zosi qo'lga olingan.

Oxirgi paytlarda qurolli shaxslar mamlakatda mototsikllarda hujum uyushtirgani sababli ayrim shtatlarda mototsikldan foydalanish taqiqlangan.

Viloyatda vaqti-vaqti bilan ayrim qabilalar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar yuz berib turadi.

Hayvonlarini boqish uchun mamlakat janubiga ko‘chib kelgan Fulaniylar dehqonlar ularning hayvonlarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganini va ularga hujum qilganini da‘vo qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar