Ukrainani RF tarkibiga qo‘shish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum “noqonuniy” deb baholandi

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan va ortidan o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari bilan Zaporoje va Xerson viloyatlarida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazildi.

1885831
Ukrainani RF tarkibiga qo‘shish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum “noqonuniy” deb baholandi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan va ortidan o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari bilan Zaporoje va Xerson viloyatlarida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumni, xalqaro huquq talalablariga javob bermasligini qayd etdi.

BMT Bosh kotibining Siyosiy va tinchlik o‘rnatish ishlaridan mas’ul o‘rinbosari Rozmari Dikarloning taʼkidlashicha, yuqorida qayd etilgan referendumlar xalqaro huquqqa koʻra “xalq irodasining haqiqiy ifodasi” yoki “qonuniy” emasdir.

Dikarlo, BMT Xavfsizlik kengashida bergan bayonotida:

“Xalq irodasini ifodalash haqida gap ketar ekan, bir davlat tomonidan boshqa bir davlat tuproqlarini zo‘rlik bilan tortib olish sa’y-harakatlarini qonuniylashtirishni ko‘zda tutgan bir tomonli harakatlar, xalqaro huquq talablariga ko‘ra qonuniy emasdir”.-dedi.

BMTning Ukraina birligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga toʻliq sodiqligini qayd etgan Dikarlo, Ukrainadagi Moskva qo‘llab-quvvatlagan rasmiylar nazoratidagi hududlarda Ukraina qonunini hurmat qilishga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #BMT , #Rossiya Federatsiyasi , #referandum

Aloqador xabarlar