Nigeriyada vabo epidemiyasidan vafot etganlar soni 149 nafarga yetdi

Joriy yilning yanvar oyidan beri epidemiya poytaxt Abuja bilan bir qatorda, jami 30ta shtatga tarqaldi. Bu davrda 5 ming 451 kishiga vabo tashxisi qo'yilgan.

1885702
Nigeriyada vabo epidemiyasidan vafot etganlar soni 149 nafarga yetdi

 

Nigeriyada vabo epidemiyasi tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 149 nafarga yetdi.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi (NCDC) tomonidan berilgan bayonotda, joriy yilning yanvar oyidan beri epidemiya poytaxt Abuja bilan bir qatorda, 30ta shtatga ham tarqaldi.

Bu davrda 5 ming 451 kishiga vabo tashxisi qo'yilgan.

O‘tgan yili mamlakat miqyosida 1174 kishi vabo kasalligidan vafot etgandi.

“Vibrio” bakteriyalari keltirib chiqaradigan oziq-ovqat va suv orqali yuqadigan vabo kasalligi organizmda kuchli diareya va suvsizlanishni keltirib chiqaradi. Agar davolanmasa, kasallik o'limga olib kelishi mumkin.

Nigeriyada toza suv yetishmasligidan tashqari, tibbiy muolajalarning samarasizligi kasallik va o'lim xavfini oshiradi.

Mamlakatda bezgak, poliomielit, tif isitmasi va maymun chechagi virusi kabi epidemiyalar ham tez-tez uchrab turadi.


Tanlangan kalimalar: #Vabo , #Nigeriya

Aloqador xabarlar