Pentagon Turkiya va Gretsiyani muloqotga chaqirdi

“Turkiya va Gretsiya NATOning ikki muhim hamkori va biz ularni potentsial keskinlikni kamaytirish uchun konstruktiv muloqotga undaymiz”,-dedi Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder.

1885608
Pentagon Turkiya va Gretsiyani muloqotga chaqirdi

 

Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder Turkiya va Gretsiyani muloqotga chaqirdi.

U kundalik matbuot anjumanida kun tartibidagi masalalar bo'yicha brifing berdi.

"Turkiya Egey dengizidagi noharbiy maqomga ega ikkita orolga AQShda ishlab chiqarilgan zirhli texnikalar joylashtirgani uchun Gretsiya va AQShga norozilik notasi berdi. Mintaqada mashg'ulotingiz bormi? Turkiyaning noroziligiga munosabatingiz qanday?" degan savolga Rayder shunday javob berdi.

"Men u erda AQSh tomonidan hech qanday mashqlar o'tkazilishidan xabardor emasman" - deb javob berdi amerikalik general.

“Turkiya va Gretsiya NATOning ikki muhim hamkori va biz ularni potentsial keskinlikni kamaytirish uchun konstruktiv muloqotga undaymiz”,-dedi u.

"Anqarada AQShning mintaqadagi keskinlikni kuchaytirayotgani va taranglikka hissa qo'shayotgani haqida tanqidlar bor. Siz bu tanqidlarga qo'shilasizmi yoki javobingiz qanday?" degan savolga Rayder,

"Turkiya ikki tomonlama munosabatlarimizda juda muhim NATO sherigi. NATOdagi hamkorlarimiz, jumladan Turkiya bilan ham yaqin hamkorlikni davom ettiramiz",— deb javob berdi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya , #Pentagon

Aloqador xabarlar