Suriyadagi muhojirlar lageriga qarshi hujum uyushtirildi

Suriyadagi muhojirlar lageriga qarshi hujum uyushtirildi va oqibatida tnch aholidan 8 kishi tan jarohati oldi.

1885264
Suriyadagi muhojirlar lageriga qarshi hujum uyushtirildi

Suriyada Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlagan Rossiyaning qiruvchi uchoqlari, Kefer Lusin hududidagi muhojirlar lageriga hujum qildi va oqibatida tinch aholidan 8 kishi tan jarohati oldi.

Rossiyaning qiruvchi uchoqlari Idlib qishlog‘ining Kefer Lusin hududidagi muhojirlar lagerini nishonga oldi.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko‘ra, hujumda tinch aholidan 8 kishi tan jarohati olgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir.

Bir maktab oldida uyushtirilgan havo hujmi, katta qo‘rquvga yo‘l ochgan.

Hatto hujum maydonidan tutun ko‘tarilganida, bolalar va ular oilalari qo‘rquvdan qochgan.

Tan jarohati olganlar, voqea joyiga yetib kelgan tinch aholi tomonidan kasalxonaga yetkazilgan.



Aloqador xabarlar