AQSh Pokistonga 56,5 million dollarlik gumanitar yordam koʻrsatdi

Entoni Blinken Pokiston Tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardoriy bilan uchrashdi.

1885076
AQSh Pokistonga 56,5 million dollarlik gumanitar yordam koʻrsatdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken Pokiston Tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardoriy bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv poytaxt Vashingtondagi AQSh Davlat kotibligi binosida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv oldidan matbuotga bayonot bergan Blinken, AQShning, sel falokatidan ziyon koʻrgan Pokistonga insonparvarlik yordami koʻrsatgani, sel yuzasidan qayd etilgan vayronagarchiliklardan tashqari Pokistonning uzoq muddat tabiiy ofatlarga chidamli boʻlishi uchun chora koʻrilishi kerakligini va buning muhokama qilinishi lozimligini ifoda etdi.

Zardoriy esa,

“Pokistondagi eng halokatli suv toshqinlariga guvoh boʻlar ekanmiz, iqlim masalasida siz bilan hamkorlik qilishni orziqib kutyapman. Bu holat, global yechimlarga muhtoj global muammodir va prezidentingiz (Jo Bayden) iqlim jabhasida lider ekanini koʻrsatdi. Shu bois ham, ushbu kun tartibida sherikmiz degan fikrdaman”.-deya gapirdi.

Uchrashuv ortidan AQSh Davlat kotibligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, ikki vazirning Pokistondagi suv toshqinidan tashqari global oziq-ovqat xavfsizligi, mintaqaviy barqarorlik va Afgʻoniston masalasida hamkorlik qilish mavzularini muhokama qilganliklari qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, AQShning Pokistonga suv toshqini tufayli 56,5 million dollarlik gumanitar yordam koʻrsatgani yodga solinar ekan Vashington yetakchiligining Pokistonga qoʻshimcha sifatida, 10 million dollarlik oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan yordam berishi qayd etildi.

 

 



Aloqador xabarlar