NATO Boltiq dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

NATO tomonidan qilingan bayonotga ko'ra, Ramstein Alloy deb nomlangan mashg‘ulotlarda Vengriya, Germaniya, Chexiya, Italiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Latviya va Litva havo kuchlari hamda NATO sherigi Finlyandiya ham ishtirok etmoqda.

1885189
NATO Boltiq dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

 

NATO Boltiq dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bu haqida "Anadolu" axborot agentligi xabar bermoqda.

NATO tomonidan qilingan bayonotga ko'ra, Ramstein Alloy deb nomlangan mashg‘ulotlarda Vengriya, Germaniya, Chexiya, Italiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Latviya va Litva havo kuchlari hamda NATO sherigi Finlyandiya ham ishtirok etmoqda.

Boltiq dengizidagi mashqlar 2 kun davom etadi.

Ittifoqchi davlatlar havo kuchlarining tezkor reaksiyasi mashqlarida aloqani uzish, tutib olish, qidiruv-qutqaruv, IT jangi, yaqin havodan yordam berish, havoda yoqilg‘i quyish kabi mashg'ulotlar o‘rin olgan.

Bu yil uchinchi marotaba o'tkazilgan mashg'ulotlarga havo va yerdan integratsiyalashgan raketadan mudofaa tizimlari ham kiritildi.

Shu doirada, Latviyadagi Lielvarde havo bazasini havo hujumlariga qarshi mudofaa qilish uchun tayyorlangan mashqlarda Ispaniyaning NASAMS (National Advanced Surface-to-Air raketa tizimi) havo mudofaa tizimlari qo'llaniladi.

Shunday qilib, havo va quruqlik integratsiyasi taktikasi, texnikasi va tartiblari o'rgatiladi.

Mashg‘ulotlarga 20 dan ortiq jangovar samolyotlar va yordamchi samolyotlar, NATOning erta ogohlantiruvchi samolyotlari va milliy qo‘mondonlik va boshqaruv markazlari jalb etilgan.


Tanlangan kalimalar: #NATO

Aloqador xabarlar