NASA asteroid orbitasini o‘zgartirishi uchun unga zarba berdi

To‘qnashuv NASA veb-sayti va barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida jonli namoyish etildi.

1885061
NASA asteroid orbitasini o‘zgartirishi uchun unga zarba berdi

 

Amerikaning DART (Double Asteroid Redirection Test – “Qo‘shaloq asteroid orbitasini o‘zgartirish bo‘yicha tajriba”) zondi Yerni potensial xavfli kosmik ob’yektlardan himoya qilishning birinchi turini sinab ko‘rish uchun “Dimorf” asteroidi bilan to‘qnashdi.

Bu haqda AQSH Milliy Aeronavtika va kosmik ma’muriyati (NASA) ma'lum qildi.

DART zondining Yerga xavf tug‘dirmaydigan asteroid bilan to‘qnashuvi vaqtida zond soatiga 23 ming km tezlikda harakatlanayotgan edi.

To‘qnashuv NASA veb-sayti va barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida jonli namoyish etildi.

To‘qnashuv birinchi marta kelajakda potentsial xavf tug‘diruvchi samoviy jismlarni o‘lchash va oldini olish maqsadida sinov tariqasida o‘tkazildi.

To‘qnashuv momenti Xabbl, Uebb va Lyusi teleskoplari hamda kosmik kemaga o‘rnatilgan kamera tomonidan yozib olingan.

Eslatma: DART o‘tgan yilning noyabr oyida Kaliforniyadagi AQSH kosmik kuchlarining Vandenberg bazasidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida uchirilgandi.


Tanlangan kalimalar: #DART , #NASA

Aloqador xabarlar