Pokistonda suv toshqinlaridan halok bo'lganlar soni 1638 nafarga yetdi

Suv toshqinlari tufayli 2 million 49 ming 482ta uy vayron bo'lgan va ularning 824 ming 169 tasi butunlay yashab bo’lmaydigan ahvolda, 13 ming 74 kmlik yo'l va 392ta ko'prik vayron bo'lgan.

1884542
Pokistonda suv toshqinlaridan halok bo'lganlar soni 1638 nafarga yetdi

 

Pokistonda 14 iyundan beri davom etayotgan suv toshqinlari oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 1638 nafarga yetdi.

Pokistonning tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi (NDMA) maʼlumotlariga koʻra, suv toshqinlari oqibatida 1638 kishi, jumladan, 588 nafar bola va 332 nafar ayol halok boʻlgan, 12 ming 865 kishi jarohatlangan.

Suv toshqinlari tufayli 2 million 49 ming 482ta uy vayron bo'lgan va ularning 824 ming 169 tasi butunlay yashab bo’lmaydigan ahvolda, 13 ming 74 kmlik yo'l va 392ta ko'prik vayron bo'lgan.

Suv toshqinlaridan 33,4 million kishi jabrlangan, 1 million 103 ming 800 ta chorva mollari nobud bo'lgan.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar