Rossiyada maktabda sodir bo‘lgan otishmada 9 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Pushkinskaya maydonida joylashgan 88-maktabda otishma sodir bo‘ldi, natijada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, ulardan 2 nafari qo‘riqchi, 2 nafari o‘qituvchi va 5 nafar maktab o‘quvchisi.

1884535
Rossiyada maktabda sodir bo‘lgan otishmada 9 kishi halok bo‘ldi

 

Rossiyaning Udmurtiya viloyatiga qarashli Ijevsk shahrida noma’lum shaxs tomonidan maktabga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Pushkinskaya maydonida joylashgan 88-maktabda otishma sodir bo‘ldi, natijada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, ulardan 2 nafari qo‘riqchi, 2 nafari o‘qituvchi va 5 nafar maktab o‘quvchisi hisoblanadi. Voqeada 20 kishi jarohatlangan. 

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, darslar paytida maktabga qora kiyimdagi qurolli shaxs bostirib kirgan. Avvaliga u qo‘riqchiga o’q uzgan, keyin sinfga kirib, bolalarga qarata o‘q uzgan.

Voqea joyiga xavfsizlik kuchlari yetib kelgan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar maktabdan evakuatsiya qilingan.

Hujumni sodir qilgan shaxs o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, 88-maktab 982 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 80 nafar o‘qituvchi mehnat qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Udmurtiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar