Suriya qirg‘oqlari yaqinida kema cho‘kishi oqibatida 71 kishi halok bo'ldi

Kema bortida Suriya, Livan, Falastin fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi noma’lum bo‘lgan odamlar bo‘lgan. Omon qolganlardan birining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar soni 150 ga yaqin kishini tashkil qilgan.

1883790
Suriya qirg‘oqlari yaqinida kema cho‘kishi oqibatida 71 kishi halok bo'ldi

 

Suriyaning Tartus shahri qirg‘oqlarida muhojirlarga to'la kemaning cho‘kib ketishi natijasida 71 kishi halok bo‘ldi.

Bashar al-Asad rejimiga yaqin saytlarda chop etilgan xabarga ko'ra, kema 20 sentyabr kuni Livandan jo‘nab ketgan.

Uning bortida Suriya, Livan, Falastin fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi noma’lum bo‘lgan odamlar bo‘lgan. Omon qolganlardan birining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar soni 150 ga yaqin kishini tashkil qilgan. 

Sham FM xabar sayti rasmiylarga tayanib bergan ma'lumotiga ko‘ra, Falastin, Livan va Suriya fuqarolari bo‘lgan 71 kishining jasadi topilgan, 20 kishi qutqarilgan. 

Omon qolganlarning 12 nafari Suriya, 5 nafari Livan va 3 nafari Falastinlik ekani aniqlandi.

Bedarak yo'qolganlarni qidirish va qutqarish uchun operatsiya davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Suriya

Aloqador xabarlar