Bugun Ukraina sharqidagi 4 ta viloyatda referendum boshlandi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qo'llab-quvvatlangan referendum 27 sentyabrgacha davom etadi.

1883600
Bugun Ukraina sharqidagi 4 ta viloyatda referendum boshlandi

 

Bugun, 23 sentyabr kuni Ukraina sharqida ayirmachilar nazorati ostidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari shuningdek, Rossiyaga qo'shilishni rejalashtirgan Zaporijya va Xerson viloyatlarida referendum boshlandi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qo'llab-quvvatlangan referendum 27 sentyabrgacha davom etadi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba referendum qaroriga munosabat bildirib, "Soxta referendumlar hech narsani o'zgartirmaydi",-dedi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarida referendum qaroriga munosabat bildirdi.

“Biz Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarida bir tomonlama referendum o‘tkazishga urinishlardan xavotirdamiz”, deyiladi Turkiya TIV bayonotida.

AQSh prezidenti Jo Bayden referendum Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomini “jiddiy buzish” ekanini aytdi.

Rossiya referendum natijasida qayd etilgan ushbu hududlarni qo'shib olishi kutilar ekan, Putin referendumdan keyin Rossiya hududi hisoblangan hududlarni himoya qilish uchun xatto, strategik yadro qurollaridan ham foydalanishdan toymasligini aytmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #referendum , #Ukraina

Aloqador xabarlar