Fransiya va Gretsiya Sharqiy Egeyda harbiy mashgʻulot oʻtkazadi

Qoʻshma harbiy mashgʻulotlar 24-sentyabrdan 1-oktyabrgacha davom etishi kutilmoqda.

1882901
Fransiya va Gretsiya Sharqiy Egeyda harbiy mashgʻulot oʻtkazadi

 

Fransiya va Gretsiya Sharqiy Egey mintaqasida qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi.

Bu haqda Gretsiya matbuotida chop etilgan xabarda qayd etilgan.

Xabarlarga ko'ra, Fransiya va Gretsiya havo kuchlari va dengiz floti Sharqiy Egeyda qoʻshma harbiy mashg'ulotlar o'tkazadi.

Iskiri orolidan Bozbaba oroliga qadar keng maydonda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan mashg'ulotlarda harbiy samolyotlar, vertolyotlar, maxsus bo'linmalar va dengiz kuchlariga oid suv osti kemalari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Qoʻshma harbiy mashgʻulotlar 24-sentyabrdan 1-oktyabrgacha davom etishi kutilmoqda.

Mashgʻulotlardan soʻng Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornuning Afinaga tashrifi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Fransiya

Aloqador xabarlar