Putin qisman safarbarlikni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi

Vladimir Putin o‘z xalqi bilan Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk Xalq Respublikasi, Lugansk Xalq Respublikasi hamda Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisiga murojaat qildi.

1882513
Putin qisman safarbarlikni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, mamlakatda qisman safarbarlikni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.

Vladimir Putin o‘z xalqi bilan Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk Xalq Respublikasi, Lugansk Xalq Respublikasi hamda Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisiga murojaat qilar ekan, o‘z so‘zida qisman safarbarlik e’lon qilganini ma’lum qildi.

Ukrainaning Donbas, Zaporijya va Xerson viloyatining mustaqillik qarorini qo‘llab-quvvatlaganliklarini ifoda etgan Putin, “G‘arb davlatlari Ukrainadagi muammolarning tinch yo‘l bilan hal qilinishini istamaydi”,-dedi va bunga qoʻshimcha sifatida:

“Hududiy yaxlitligimiz tahdid ostida qolsa unda Rossiya, barcha yo‘llardan foydalanadi. Bu bir blef emas”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Rus lider, qisman safarbarlik faoliyatlarining bugundan boshlashini ta’kidlagan nutqida, G‘arbning, “Suveren, mustaqil taraqqiyot markazlarini bostirish va Rossiyani yo‘q qilishga urinayotganini” ta’kidladi.

Putin:

“Qisman safarbarlik talabiga faqatgina zahiradagi askarlar bilan bugungacha xizmat qilgan, ma’lum darajada harbiy mutaxassislik va tajribaga ega fuqarolar javob beradilar. Ularning, avvalam bor maxsus harbiy tajribasi e’tiborga olingan holda mutlaqo qoʻshimcha harbiy mashqdan oʻtishlari shart”.-dedi.

Eslatib oʻtamiz:

Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi harbiy hujum boshlatgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Vladimir Putin , #safarbarlik

Aloqador xabarlar